locale OZ

Dovbik yozda “Roma”ni tark etishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dovbik yozda “Roma”ni tark etishi mumkin
FOTO: Getty Images

Rimning “Roma” klubi hujumchisi Artyom Dovbik yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda SportArena.com xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Roma” 40 million yevro evaziga ukrainalik hujumchi bilan xayrlashishga tayyor. Turkiyaning “Beshiktosh” klubi Dovbikka qiziqish bildirmoqda va bu summani to'lashga roziligi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, Dovbik joriy mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting