«Dinamo»da penaltilar seriyasi: «lotoreya»da «ko‘klar» «qizillar»ga yutqazishdi
«Dinamo» jamoasining Dubaydagi yig‘ini qiziqarli va ishchan kayfiyatda davom etmoqda.
photo: Dinamo fk
«Dinamo»da penaltilar seriyasi: «lotoreya»da «ko‘klar» «qizillar»ga yutqazishdi.
«Dinamo» jamoasining Dubaydagi yig‘ini qiziqarli va ishchan kayfiyatda davom etmoqda.
Jamoamiz murabbiylar shtabi tarkibni ikkiga bo‘lib, mashg‘ulotlar yakunida standart vaziyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha o‘yin o‘tkazishdi. Unda g‘olib aniqlanmagach, «ko‘klar» va «qizillar» penaltilar seriyasida o‘zaro bahslashishdi. Unda «ko‘klar» vakili Behruzbek Obloqulovning so‘nggi zarbasini darvozabon Ravshanbek Yagudin qaytarib, yakunda «qizillar»ning g‘alabasini ta’minladi – 5:4.
Qiziqarli ruhda o‘tgan seriyani «Dinamo» matbuot xizmati kadrida tomosha qiling.
Ibrohim Jalolov
Redaktor