locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

"Dinamo" U21 jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi

Futbol 10 may 2025 da 09:48
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
"Dinamo" U21 jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi
Photo: DINAMO PFC

Superliga 9-turi doirasida kecha "Dinamo" — "Surxon" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Odatdagidek, bugun — 10-may kuni har ikki klubning U21 jamoalari o‘zaro maydonga tushishi kerak edi.

"Dinamo" klubi 6-may kuni Ligaga xat yo‘llab, uchrashuvni Jizzax shahrida o‘tkazishni so‘radi. Bu bilan klub “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.8-bandini buzdi. Ya’ni, uchrashuvga 4 kun vaqt qolganida reglamentda ko‘zda tutilmagan masala yuzasidan murojaat qildi.

"Dinamo" klubining mazkur taklifiga garchi "Surxon" klubi rozilik bildirgan bo‘lsa-da, Liga reglamentning 5.5-bandiga asosan uchrashuvni Termizda tashkil etish masalasini ilgari surdi. Biroq "Surxon" klubining aksar futbolchilari mashg‘ulotlarni Toshkentda olib borayotganligi, "Dinamo" klubi mazkur masalani "Surxon" bilan oldindan kelishmaganligi tufayli jamoaning Termizga yetib borish chiptalari xarid qilinmagani, o‘z navbatida "Surxon" uchrashuvni tashkil etish bilan bog‘liq zarur masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan kelishmaganligidan kelib chiqib, termizliklar "Dinamo" U21 jamoasini respublikaning janubida qabul qila olmasliklarini ma’lum qilishdi. Buning oqibatida Liga "Dinamo" U21 jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozdi.

Ma’lumki, U21 jamoasi uchun maydoni qabul qilib olinmagan klub raqib maydoniga safar etishi lozim. Aynan shu talab bo‘yicha "Qizilqum" va "Navbahor" jamoalari ilk turdayoq texnik mag‘lubiyatga loyiq ko‘rilgandi. Shuningdek, maydoni talab darajasiga kelguniga qadar "Neftchi", "Andijon", "Xorazm", "Buxoro" jamoalari ham raqib maydoniga borishiga to‘g‘ri keldi.

Liga reglamentda avvaldan belgilab qo‘yilgan masala yuzasidan bir nechta klubga bir necha xil standart qo‘llay olmaydi. Shuningdek, klublardan o‘z hududlarida mashg‘ulot maydonlari, yoshlar jamoalari maydonlarini barpo etishni hamda bu masalani qo‘shni viloyat maydonlari orqali hal qilishga urinmaslikni so‘raydi", - deyiladi O‘zPFL matbuoti xabarida.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting