\"Dinamo\" may oyini qanday o‘tkazdi?
PHOTO: Telegram
Samarqandning "Dinamo" jamoasi may oyida Superligada 4ta, O‘zbekiston kubogi doirasida esa bitta uchrashuvda maydonga tushdi. 2ta o‘yin Samarqandda, 3tasi safarda o‘tib, 3 g‘alaba va 2 durang natijaga erishildi.
Samarqand jamoasi 4 may kuni G‘uzorda “Sho‘rtan”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, 9 may kuni Samarqandda “Surxon”dan ustun keldi - 1:0.
13 may kuni jamoamiz kubok doirasida Andijonga aralash tarkib bilan durang qayd etdi. 4 kun o‘tib “Buxoro”ga qarshi Toshkentdagi o‘yinda esa 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, 25 may kuni jamoamiz muxlislar qarshisida “Qizilqum” ustidan irodali g‘alabaga erishdi - 3:2.
Ibrohim Jalolov
Redaktor