«Dinamo» Belarusda uchta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi
Photo: Dinamo PFK
Mavsumning ikkinchi qismiga Belarusda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi 3ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Vadim Abramov shogirdlari Minskdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida 20 iyul kuni Belarus chempionatida 2-o‘rinda borayotgan “Slaviya”ga qarshi maydonga tushsa, 23 iyulda “Molodechno” klubi bilan, 25 iyul kuni esa “Vitebsk” klubiga qarshi o‘rtoqlik bahsini o‘tkazadi. Samarqand klubi 26 iyul kuni O‘zbekistonga qaytadi.
“Dinamo”ning Minskdagi o‘rtoqlik o‘yinlari:
20 iyul. “Slaviya” – “Dinamo”
23 iyul. “Molodechno” – “Dinamo”
25 iyul. “Vitebsk” – “Dinamo”.
Ma’lumot uchun, “Dinamo” Superliga 2-davrasining dastlabki o‘yinida 2 avgust kuni Samarqandda “Navbahor”ni qabul qiladi.

Bahrom Bobonov
Redaktor