locale OZ

Devid Bekxem: “Hech kimni Messi bilan taqqoslab bo'lmaydi, lekin Yamal bir kun kelib u bilan tenglasha oladi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Devid Bekxem: “Hech kimni Messi bilan taqqoslab bo'lmaydi, lekin Yamal bir kun kelib u bilan tenglasha oladi”
FOTO: Getty Images

“Inter Mayami” klubi xo'jayini Devid Bekxem “Barselona” vingeri Lamin Yamal haqida iliq fikrlar bildirdi.

“Menimcha, hech kimni Lionel Messi bilan taqqoslab bo'lmaydi, lekin Yamal men ko'rgan barcha futbolchilar ichida unga eng yaqini. Bir kun kelib u Leo bilan tenglasha olishiga ishonaman. Bunday futbolchilar 20-30 yilda bir keladi.

U endigina 17 yoshda va “Barselona” tarkibida allaqachon 100 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan. Men har doim aytganman, bu bolalar hali juda yosh va agar ular yetarli darajada yaxshi bo'lsa, buyuk futbolchi bo'la olishadi. U “Barselona”da o'sgan, akademiyada tarbiyalangan va ajoyib yosh iqtidor egasi”, - deydi Bekxem.

Ma'lumot uchun, Yamal joriy mavsum barcha turnirlarda 51 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting