locale OZ

De Yong maoshi borasidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi

Avvalroq, 28 yoshli yarim himoyachi klub bilan shartnomasini uzaytirgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Yong maoshi borasidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi
ФОТО: Getty images

"Barselona" futbolchisi Frenki de Yong maoshi haqida fikr bildirdi.

Avvalroq, 28 yoshli yarim himoyachi klub bilan shartnomasini uzaytirgan edi.

Yangi shartnomaga ko‘ra, futbolchining maoshi yiliga olti million yevroni tashkil etishi aytilgandi.

"Yangi shartnoma bo‘yicha qancha olishim mumkinligini boshqalar bilan hisoblashishni istamayman. Bu mavzuda doim gap-so‘zlar, yolg‘onlar ko‘p bo‘lgan, lekin to‘g‘ri raqamlar e’lon qilinmagan. Bu odamlarga ta’sir qiladi. Agar ular mening Yevropadagi eng yuqori maoshli futbolchi ekanligimni o‘qishsa, menga boshqacha qarashadi. Bunda jurnalistlarning ham aybi bor," – deya de Yongning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik 2019 yilda "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting