locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

De Yong “Barselona”dagi kelajagi haqida gapirdi

Futbol 08 iyn 2025 da 04:49
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
De Yong “Barselona”dagi kelajagi haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoadagi kelajagi haqida gapirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.

“O'ylaymanki, “Barsa” bilan shartnomamni uzaytiraman. Yuz foiz ishonchim komil emas, lekin hammasi yaxshi bo'lsa, bu amalga oshadi. Men shartnomamni shu yozda yangilash niyatidaman, lekin nima bo'lishini ko'ramiz.

Bu muzokaralar masalasi va bu qachon sodir bo'lishini aniq ayta olmaymiz. Muhimi, har ikki tomon ham buni xohlaydi. O'ylaymanki, biz buni amalga oshiramiz”, - deydi de Yong.

Ma'lumot uchun, gollandiyalik futbolchi 2019-yildan buyon “Barselona” safida to'p surmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 259 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting