De Yong \"Barselona\" bilan shartnomani uzaytiradi
Photo: Getty Images
“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong kelajagi borasida bir qarorga keldi, deya xabar beradi Diario Sport nashri.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Frenki bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirish bo‘yicha qisman kelishuvga erishgan.
Klub niderlandiyalik futbolchi bilan bitimni uzaytirish orqali maoshini qayta taqsimlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu esa Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyamsni sotib olishda muhim omil bo‘lishi mumkin.
Yakunlangan mavsumda de Yong barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi. Yarim himoyachining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist