locale OZ

De Rossi \"Parma\"ni boshqarishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Rossi "Parma"ni boshqarishi mumkin
Photo: Getty Images

"Roma"ning sobiq bosh murabbiyi Daniele De Rossi tez orada "Parma" boshqaruvini qo‘lga olishi mumkin, deya xabar beradi Nicolo Schira.

Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan. De Rossi ushbu taklifga hozircha yakuniy javob qaytargani yo‘q.

Agar u "Parma" taklifini qabul qilmasa, unda klub Paolo Vanoli nomzodini o‘rganib chiqishi mumkin.

Klubning avvalgi ustozi Cristian Chivu "Inter"ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Natijada klub uning o‘rniga yangi murabbiy olib kelish istagida nomzodlarni o‘rganib chiqmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting