De Rossi – «Jenoa» bosh murabbiyi
Juma kuni 42 yoshli mutaxassis jurnalistlarga tanishtiriladi va matbuot anjumani o‘tkazadi.
Фото: Женоа
“Jenoa” Daniele De Rossini bosh murabbiy sifatida e'lon qildi.
Genuya klubi va murabbiy o‘rtasida imzolangan mehnat shartnomasi qancha muddatga mo‘ljallanganligi hozircha oshkor etilmagan.
Juma kuni 42 yoshli mutaxassis jurnalistlarga tanishtiriladi va matbuot anjumani o‘tkazadi.
10-turdan so‘ng "Jenoa" A Seriya turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda. De Rossi jamoasi navbatdagi o‘yinni 9 noyabr, yakshanba kuni o‘z maydonida "Fiorentina"ga qarshi o‘tkazadi.
Ma'lumot uchun, De Rossi "Roma"ni tark etganidan so‘ng, 2024 yil sentyabr oyidan beri murabbiylik qilmayotgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist