locale OZ

De Rossi B Seriyadan chiqqan jamoani boshqarishi mumkin

U "Roma"dan ketganidan beri ishsiz yuribdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Rossi B Seriyadan chiqqan jamoani boshqarishi mumkin
Photo: Getty Images

"Roma"ning sobiq bosh murabbiyi Daniele De Rossi A Seriya klubini boshqarishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, 41 yoshli mutaxassisga "Kremonese"da murabbiylik qilish taklif qilingan.

De Rossi o'tgan yilning sentabrida 4 turdan so'ng "Roma" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan edi. U 2024 yilning yanvaridan buyon jamoani boshqarib kelayotgan edi.

"Kremonese" pley-off orqali A Seriyaga yo'llanma oldi. Yangi mavsumni kuchlilar ligasida o'tkazadi.

Jamoa so'nggi marta 2022/23 yilgi mavsumda elitada o'ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting