locale OZ

De Bruyne “Napoli”ga o'tganini ikki og'iz so'z bilan ifodaladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Bruyne “Napoli”ga o'tganini ikki og'iz so'z bilan ifodaladi
FОТО: SSCNAPOLI.IT

“Napoli”ning yangi futbolchisiga aylangan Kevin De Bruyne neapolliklar bilan shartnoma imzolaganini ikki og'iz so'z bilan ifodaladi.

“Men shu yerdaman”, - deb yozdi De Bruyne o'zining X ijtimoiy tarmog'ida.

Eslatib o'tamiz, De Bruyne “Napoli” bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi. 33 yoshli futbolchi yangi klubida yiliga 5 million yevro maosh oladi.

Belgiyalik futbolchi o'tgan mavsum “Manchester Siti” safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting