Darmian jarohat oldi
Shu tariqa, futbolchi jamoasining bo‘lajak o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.
ФОТО: Getty images
“Inter”ning tajribali himoyachisi Matteo Darmian jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “neradzurrilar”ning 35 yoshli futbolchisiga chap oyog‘idagi mushak jarohati tashhisi qo‘yilgan. Qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum qilinmagan.
Shu tariqa, futbolchi jamoasining bo‘lajak o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.
Milan klubining keyingi ikki o‘yini A Seriyada “Roma” va Chempionlar Ligasida Belgiya “Union” klubiga qarshi bo‘ladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist