locale OZ

Dani Olmo va Pau Viktor “Barselona” safida o'ynashda davom etishlari mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dani Olmo va Pau Viktor “Barselona” safida o'ynashda davom etishlari mumkin
FOTO: fcbarcelona.com

Ispaniya Oliy sport kengashi (CSD) Dani Olmo va Pau Viktorni ro'yxatdan o'tkazish masalasida “Barselona” tarafida bo'ldi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Kataloniya klubi Olmo va Viktor bilan moliyaviy feyr-pley parametrlari yaxshilangani sabab shartnoma imzolashga muvaffaq bo'ldi. “Ko'k-anorranglilar” o'z stadionidagi VIP o'rindiqlarni 100 million yevroga sotgan edi.

La Liga esa bu masalada qayta tekshiruv amalga oshirib, klubning foyda va zararlari to'g'risidagi hisobotda daromad yetishmayotgani aniqlanganini aytdi.

Ma'lumot uchun, Olmo joriy mavsum “Barselona” safida jami 28 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Viktor esa 22 ta o'yinda 2 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting