locale OZ

«Bunyodkor» Bilolxon Toshmirzayev bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Qaldirg'och 28 yoshli futbolchini liga ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bunyodkor» Bilolxon Toshmirzayev bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi
photo: Neftchi FK

«Neftchi» yarimhimoyachisi Bilolxon Toshmirzayev faoliyatini Toshkentda davom ettiradi.

Futbolchi «Bunyodkor» bilan shartnoma imzolagan. Kelishuv 2027 yilning 1 dekabriga qadar mo‘ljallangan.

«Qaldirg‘ochlar» Toshmirzayevni Liga ro‘yxatidan o‘tkazgan. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

U 2023 yildan beri farg‘onaliklar safida to‘p tepib kelayotgandi.

28 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda Superligada 23 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Avvalroq Islombek Ismoilov — «Neftchi» bosh murabbiyiga aylangandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting