locale OZ

Bruno Fernandesh “Al-Hilol” taklifini rad etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bruno Fernandesh “Al-Hilol” taklifini rad etdi
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh “Al-Hilol” taklifini rad etdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, saudiyaliklarning foydali taklifiga qaramay, Bruno Yevropada o'ynashni davom ettirmoqchi. Portugaliyalik futbolchi bu masalada yakuniy qarorga kelgan.

Ma'lumot uchun, Fernandesh o'tgan mavsum barcha turnirlarda 57 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting