locale OZ

Boymirza Xalilov: \"Jahon chempionatida ishtirok etishni ota-bobolarimiz davridan beri havas qilib ke

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Boymirza Xalilov: "
PHOTO: Telegram

Sports24.uz O'zbekistondagi katta nashrlardan biri bo'lgan Kun.uz video-operatori Boymirza Xalilovning fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Ertangi o'yin zo'r, haqiqiy tarixiy uchrashuv bo'ladi. Nimasi bilan tarixiy deganda, raqibning futboldan tashqarida biznikilarga atayin qilayotgan qarshiliklari, O'zbekiston terma jamoasini muddatidan avval mundial yo'llanmasini qo'lga kiritmasligi uchun qo'llaridan kelganicha harakat qilishayotganini ko'rish mumkin. Buni Futboldan tashqari siyosat desa ham bo'ladi.

O'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, xudo xohlasa biznikilar ertangi bahsni o'zida Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi deb o'ylab turibman va bunga ishonchim komil. G'alaba bilan, yo'q deganda durrang bilan ko'zlangan natijaga erishamiz.

Jahon chempionatida ishtirok etishni ota-bobolarimiz davridan beri havas qilib kelinadi. Bu voqeani ko'rish bizga nasib qilganga o'xshaydi. Keyin esa, huddi shu tarkibni saqlab, rivojlantirib borish kerak. Chunki, keyingi yili bo'ladigan mundialni o'zi bilan kifoyalanib qolmasligimiz kerak. To'rt yillikning eng katta turnirida doimiy qatnashadigan terma jamoalar qatoriga kirish uchun harakat qilishimiz kerak. Buning uchun jamoada yaxshi muhitni yaratish, seleksiya ishlarini yanada kuchaytirish, o'zaro raqobatbardoshlik kabi ishlarni amalga oshirish kerak bo'ladi.

Balki hozir ham bordir, balki yo'qdir, lekin ayni paytda korrupsiyani kamayganligi hisobiga oldingiga qaraganda ancha yaxshi natija ko'rsatilyapti. Misol uchun Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga borganligi katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Bu esa O'zbekistonni yana bir bor dunyo tanishiga sababchi bo'ldi. Shomurodovning “Roma”dagi o'yinlari yaxshilana boshladi. Fayzullayev mana Rossiya kubogi sohibiga aylandi. Futbolchilarimiz yuqori formada yetib kelishgan. Nasib qilsa Jahon chempionati yo'llanmasini beshinchi iyunda bo'lib o'tadigan o'yinda hal qilishadi. Yigitlarga omad tilab qolamiz.

Jahon chempionatiga chiqish men uchun juda ham faxr. Oddiy misol, ayrim xorij mamlakatlarida O'zbekistonni boshqa davlatlar bilan adashtirib yuborishadi. Mundial esa O'zbekistonni yana bir bor dunyo tanishiga sababchi bo'ladi. Qolaversa, bu natija futbolchilarimiz hamda futbolimiz kelajagi uchun ham juda katta foyda bo'ladi. Chunki, Jahon chempionatiga katta skautlar tashrif buyurishadi. Futbolchilarimiz Yevropaning katta klublari bilan shartnomalar imzolashi mumkin. Bu esa Top-5lik chempionatida o'ynaydigan yurtdoshlarimiz soni oshishiga hizmat qiladi"

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting