locale OZ

Birorta jurnalist ovoz berish vaqtida Rafin'yani 1-o‘ringa qo‘ymagan

Usmon Dembele katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Birorta jurnalist ovoz berish vaqtida Rafin'yani 1-o‘ringa qo‘ymagan
ФОТО: Getty images

"Barselona" vingeri Rafin'ya Dias "Oltin to‘p" uchun da'vogarlar safida edi.

Biroq ovoz berish natijalariga ko‘ra beshinchi o‘rinni egalladi.

Braziliyalik Usmon Dembele (1380), Lamin Yamal (1059), Vitinya (703) va Muhammad Salohdan (657) ortda qolib, 620 ochko to‘pladi.

L’Equipe nashrining yozishicha, yuzta jurnalistdan birortasi ham "Barselona"ning 28 yoshli yulduzini birinchi o‘ringa qo‘ymagan.

So‘rovda qatnashgan 73 kishi "Oltin to‘p"ga eng munosib nomzod deb Dembelega ovoz berdi, Yamal 11 ta "birinchi o‘rin" ovozini oldi, Vitinya oltita, Saloh to‘rtta, Hakimiy uchta ovoz to‘pladi. Yana bittadan jurnalist Xvicha Kvaratsxeliya, Skott MakTominey va Kiliyan Mbappeni eng yaxshi deb topgani ma'lum bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting