“Bayer” Florian Virts o'rniga kimni sotib olishi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images
Leverkuzenning “Bayer” klubi “Liverpul” qiziqish bildirayotgan Florian Virtsning ehtimoliy ketishini inobatga olib, unga o'rinbosar qidirishni boshlab yubordi. Bu haqda Kicker nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Bayer” “Lion” yarim himoyachisi Rayan Cherkiga e'tibor qaratmoqda, biroq ayni damda fransiyalik futbolchi uchun kurashda “Manchester Siti” peshqadamlik qilmoqda.
Bundan tashqari, leverkuzenliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag “Ayaks” va “Manchester Yunayted”da birga ishlagan Antoni bilan shartnoma imzolash variantini ham ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Liverpul” Virtsni sotib olish uchun “Bayer”ga 130 million yevro taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist