locale OZ

\"Bavariya\" himoyachisi faoliyatini \"An-Nasr\"da davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bavariya" himoyachisi faoliyatini "An-Nasr"da davom ettirishi mumkin
Photo: Getty Images
“Bavariya“ himoyachisi Kim Min Jae faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bild xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, himoyachiga "An-Nasr" qiziqish bildirgan. Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan. Transfer narxi taxminan 40 million yevro atrofida bo'lishi mumkin.
Himoyachining oʻzi bilan esa 3 yillik shartnoma tuziladi. Koreyalik futbolchi Saudiya klubiga oʻtishga rozilik bildirgan.
28 yoshli himoyachi 2023 yilda “Napoli“dan “Bavariya“ga koʻchib oʻtgandi. U oʻtgan mavsumda 42 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 3 ta gol muallifiga aylangan.
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting