locale OZ

Bastonining «Barselona»ga transferi barbod boʻldi

Flik 27 yoshli futbolchining nomzodini maʼqullamadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bastonining «Barselona»ga transferi barbod boʻldi
FOTO: Getty Images

«Inter» himoyachisi Alessandro Bastonining «Barselona»ga amalga oshishi mumkin boʻlgan transferi barbod boʻldi. Bunga «koʻk-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning 27 yoshli futbolchi nomzodini maʼqullamagani sabab boʻlgan. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, germaniyalik mutaxassis Bastonining texnik koʻrsatkichlari jamoaga yuqori pressing ostida katta intensivlik bilan oʻynash imkonini berishiga shubha qilgan. Shu sababli, Kataloniya klubi sport direktori Deku boshqa variantlarni oʻrganishga kirishgan.

Avvalroq, Flik Bastonining oʻyin uslubini baholayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, matbuotda Bastonining «Inter»dan «Barselona»ga oʻtish transfer summasi 50-60 million yevroni tashkil qilishi mumkinligi qayd etilgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting