locale OZ

“Barselona”ning sobiq futbolchisi “Betis”ga qaytishga yaqin turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona”ning sobiq futbolchisi “Betis”ga qaytishga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

“Lids Yunayted” himoyachisi Ektor Firpo tez orada “Betis”ga qaytadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda, Firpo “Betis” bilan erkin agent sifatida 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, Firpo avvalroq 2015-yildan 2019-yilgacha “Betis” safida, 2019-yildan 2021-yilgacha “Barselona” safida faoliyat yuritgan.

Ma'lumot uchun, Firpo o'tgan mavsumda 35 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting