locale OZ

“Barselona”ning sobiq futbolchisi Abbosbek Fayzullayevga maslahat berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona”ning sobiq futbolchisi Abbosbek Fayzullayevga maslahat berdi
FOTO: pfc-cska.com

Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev haqida gapirdi.

Bosniyalik futbolchi Fayzullayevga “Barselona” e'tiborini qanday qilib jalb etish bo'yicha maslahatlar berdi.

“Abbosda ajoyib futbol fazilatlari bor. Agar siz “Barselona”ga o'tmoqchi bo'lsangiz, unda siz o'z orzuingizga ishonishingiz va unga intilishingiz kerak.

Yo'l juda qiyin va uzoq, lekin har qanday holatda maqsadingizdan voz kechishingiz kerak emas. Siz har kuni ko'p mehnat qilishingiz, fidoyilik bilan o'ynashingiz va har jabhada yaxshiroq bo'lishga intilishingiz kerak”, - deydi Pyanich.

Ma'lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum “armiyachilar” safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting