«Barselona»ning La Ligada chempionlik uchun imkoniyati oshdi
La Ligada chempionlik uchun kurash avjiga chiqadi.
ФОТО: Getty images
Opta mutaxassislari superkompyuter orqali o‘tkazgan tadqiqotlariga ko‘ra, "Barselona"ni La Ligadagi eng asosiy favorit deb hisoblaydi.
Germaniyalik Hansi Flik jamoasi hozirda turnir jadvalida peshqadam. Kataloniya klubining chempionlik uchun imkoniyatlari 62,55 foizga yetdi.
"Real"ning chempionlik uchun imkoniyati ancha past - 31,4 foiz. Kuchli uchlikni 2,97 foiz ko‘rsatkich bilan "Atletiko" yakunlab berdi.
Hozirda Xabi Alonso jamoasi 2-o‘rinda bormoqda. 26 oktyabr kuni "Real" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist