locale OZ

«Barselona» yozda ikki pozitsiyani kuchaytirmoqchi

Kataloniyaliklar yangi hujumchi va yarimhimoyachi qidirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» yozda ikki pozitsiyani kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi yozgi transfer oynasi uchun o‘z rejasini tasdiqladi. Sport direktori Deku tarkibdagi bo‘shliqlarni yopish uchun asosiy e’tiborni hujum chizig‘i va maydon markazini kuchaytirishga qaratadi. Jamoaning maqsadi — kelasi mavsumda barcha turnirlarda bosh sovrinlar uchun kurashish.

Hujumda Robert Levandovskiga munosib oʻrinbosar sifatida «Atletiko Madrid» yulduzi Xulian Alvares asosiy nishon bo‘lib turibdi. Agar 100 million yevrolik ushbu transfer moliyaviy sabablarga ko‘ra amalga oshmasa, muqobil variant sifatida «Brayton» forvardi Joao Pedro ko‘rib chiqiladi.

Yarimhimoyani kuchaytirish uchun esa «Manchester Siti» pleymeykeri Bernardo Silva hamda erkin agentga aylanadigan Leon Goretska nomzodlari tanlangan.

Qayd etilishicha, moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilish uchun klub yozda Andreas Kristensen kabi bir qator futbolchilarini sotib yuborishga majbur bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting