“Barselona” yangi darvozabon transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Espanyol” darvozaboni Joan Garsiyaning agentlari bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida tuzilajak shartnoma 5 yilga mo'ljallangan. Ayni damda bitim futbolchi tomonidan ma'qullanishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Garsiya ko'plab takliflar olgan, xususan, “Arsenal”, “Nyukasl”, “Aston Villa”, “Napoli”, “Inter” va “Bayer” kabi klublar ispaniyalik golkiperga qiziqish bildirgan.
Garsiya shu hafta oxirida bo'lib o'tadigan agentlar bilan uchrashuvdan so'ng bir qarorga keladi. Ta'kidlanishicha, “ko'k-anorranglilar” futbolchining tovon puli bo'lgan 25 million yevroni to'lashga tayyor.
Nasrullo Karimov
Jurnalist