locale OZ

“Barselona\" Voytsex Shesni o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona" Voytsex Shesni o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozabon Voytsex Shesnining kelajagini muhokama qilmoqda. Uning shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.

Shu munosabat bilan “ko'k-anorranglilar” rahbariyati polshalik golkiperning o'rnini bosa oladigan va Mark-Andre ter Shtegen bilan raqobatlasha oladigan darvozabonlar ro'yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ispan grandi “Lill”ning 23 yoshli darvozaboni Lyuk Chevalier, “Brayton”ning 22 yoshli posboni Bart Verbruggen va “Espanyol” a'zosi Joan Garsiyaga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Shesni klub unga shartnomani uzaytirishni taklif qilgani, ammo u bu masalani oilasi bilan muhokama qilishi kerakligini aytgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting