«Barselona» «Vilyarreal» hujumchisi Alberto Moleyroni nishonga oldi
«Barselona» klubi «Vilyarreal» hujumchisi Alberto Moleyroning harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va 22 yoshli futbolchining atrofidagilar bilan aloqa oʻrnatgan. Koʻk-anorranglilar rahbariyati oʻyinchi koʻrsatayotgan oʻsishni juda ijobiy baholamoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Moleyroning amaldagi shartnomasida 50 million yevro miqdorida tovon puli koʻrsatilgan. Biroq «Vilyarreal» klubi agar «Barselona» tomonidan rasmiy qiziqish boʻlsa, forvardning yakuniy narxi boʻyicha muzokaralarga kirishishga majbur. Futbolchining oʻzi esa bolaligidan «blaugrana» safida toʻp surishni orzu qiladi.
Ma’lumot uchun, Alberto Moleyro joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 43 ta oʻyinda maydonga tushib, oʻz hisobiga 10 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qoʻyishga muvaffaq boʻldi. Futbolchining klubi bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga koʻra, uning ayni paytdagi bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.