«Barselona» Torres bo‘yicha bir qarorga keldi
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres bu yozda jamoada qolishi ehtimoli yuqori. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi hujumchini qo‘yib yubormaydi, chunki "ko‘k-anorranglilar"da uning o‘rnini bosadigan futbolchi yo‘q. Futbolchining o‘zi "Barselona"da baxtli, biroq 2027 yil yozida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Hozirda, "Atletiko" va "PSJ" Torresni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Ferran 2022 yilda "Manchester Siti"dan "Barselona"ga 55 million yevro evaziga qo‘shilgan. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. O‘tgan mavsumda hujumchi "Blaugrana" safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va uchta golli uzatma bergan.