locale OZ

“Barselona” sport direktori Ronald Arauxoning kelajagiga oydinlik kiritdi

Urugvaylik futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2031-yilga qadar amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” sport direktori Ronald Arauxoning kelajagiga oydinlik kiritdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi sport direktori Deko Ronald Arauxoning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.

“Biz Ronalddan mamnunmiz. U klubda baxtli, shuning uchun uning kelajagi haqida gapirishdan ma'no yo'q”, - deya Dekoning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Ma'lumot uchun, Arauxo 2020-yildan buyon “Barselona” safida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

26 yoshli urugvaylik futbolchining kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2031-yilga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting