\"Barselona\" Shesni bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Getty Images
Voychex Shesni "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Kataloniya klubi 35 yoshli darvozabon bilan 2027 yil iyun oyigacha bo‘lgan yangi shartnoma imzolagan. Tomonlar bitimni uzaytirish borasida uzoq vaqt davomida muzokara o‘tkazib, nihoyat kelishuvga erishdi.
Shesni o‘tgan qishda Mark-Andre ter Stegennning og‘ir jarohatidan so‘ng faoliyatini qayta boshladi va "Barselona" bilan shartnoma imzolagan edi. Darvozabon La Ligada 15 o‘yin o‘tkazib, ularning 8 tasida darvozasini "quruq" saqladi.
Bahrom Bobonov
Redaktor