locale OZ

«Barselona» Rodrining transferi uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi

Yaqin orada bitim rasmiy yakunlanishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" Rodrining transferi uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi
ФОТО: Getty images

"Barselona" "Manchester Siti" bilan yarim himoyachi Rodri Ernandesning transferi bo'yicha prinsipial kelishuvga erishdi.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, bitimning umumiy qiymati 76,5 million yevroni tashkil etishi mumkin. Kafolatlangan to'lov miqdori 60 million yevroni tashkil etadi. Yana 16,5 million yevro turli bonuslar sifatida ko'zda tutilgan bo'lib, ularning 11 milliondan ortig'iga erishish juda oson deb hisoblanmoqda.

Shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olish transferga to'sqinlik qilmaydi. "Barselona" yarim himoyachi bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi. Yaqin orada bitim rasmiy yakunlanishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting