“Barselona” Robert Levandovski o'rniga Xulian Alvaresni olib kelmoqchi
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
FOTO: Getty Images
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Atletiko Madrid”ning 25 yoshli hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda va uni Robert Levandovski o'rniga olib kelish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” uchun argentinalik futbolchining transferini amalga oshirish qiyin bo'ladi, chunki Alvares “Atletiko”ning asosiy figurasiga aylanib ulgurgan, shuningdek, u klub va shaharga to'liq moslashgan.
Ma'lumot uchun, Alvares joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 90 million yevroga baholanmoqda.