locale OZ

\"Barselona\" Rashfordning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" Rashfordning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

"Barselona" Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Rashfordning transferini rasman e'lon qildi.

Kataloniyaliklar 27 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted"dan 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Rashford kataloniyaliklar safida 14-raqam ostida o'ynaydi. Ijara shartnomasida to'liq transfer varianti mavjud.

"Manchester Yunayted" akademiyasi tarbiyalanuvchisi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida “Aston Villa”da o‘tkazdi va u yerda 41 ta o‘yinda 11 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, Rashford 2016 yildan buyon Angliya terma jamoasi sharafini xalqaro maydonda himoya qilib kelmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting