locale OZ

«Barselona» Rashford transferidan voz kechdi

Bu haqda Fabrizio Romano xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Rashford transferidan voz kechdi
Фото: Getty Images

“Barselona” jamoasi “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Rashfordni to‘liq sotib olish rejalaridan voz kechdi. Bu haqda Fabrizio Romano xabar berdi.

28 yoshli ingliz futbolchisi allaqachon ijtimoiy tarmoqlardagi profilidan “Barselona” nomi va klubga oid ma'lumotlarni olib tashlagan.

Manbaga ko‘ra, bunday qarorga “Nyukasl Yunayted” vingeri Entoni Gordonning transferi sabab bo‘lgan. Kataloniya klubi avvalroq, chap qanot pozitsiyasida o‘ynaydigan 25 yoshli futbolchini tarkibga qo‘shib olgandi.

Ayni paytda Rashfordga “Bavariya” va “Real Madrid” klublari qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, har ikkala klub ham transfer uchun 30 million yevro to‘lashga tayyor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting