locale OZ

«Barselona» qishda yangi futbolchilarni sotib olmoqchi emas

“Barselona” ayni damda Ispaniya chempionatida 9 o‘yindan so‘ng 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” qishda yangi futbolchilarni sotib olmoqchi emas
ФОТО: Getty images

"Barselona" sport direktori Deko ta’kidlashicha, klub qishki transfer oynasida o‘z tarkibini kuchaytirish haqida o‘ylamayapti.

"Ayni damda qishda bozorga kirish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman. Mavsum hali oldinda, ko‘p narsa o‘sib borishi bilan oydinlashadi. Hech qaysi futbolchi jamoani tark etish istagini bildirgan emas, shuning uchun bu bizning rejalarimizga ta’sir qilmaydi.

Agar vaziyat o‘zgarsa yoki haqiqiy ehtiyoj tug‘ilsa, biz javob berishga tayyormiz. Ismlarni aytmoqchi emasman, ammo voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib boramiz", – deya Deko so‘zlarini keltiradi Football Espana nashri.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” ayni damda Ispaniya chempionatida 9 o‘yindan so‘ng 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Real Madrid” xuddi shunday o‘yinlardan so‘ng 24 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting