“Barselona” prezidenti Rafinyaning kelajagiga oydinlik kiritdi
FOTO: Getty Images
Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta Rafinyaning 2027-yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirishini tasdiqladi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
“Rafinya bilan yangi shartnoma imzolanadi. Deko Rafa bilan yaxshi munosabatda. Futbolchi loyihaning bir qismi ekanligini his qilmoqda. Biz kelishuvga erishamiz, chunki biz uning qolishini istaymiz”, - deydi Laporta.
Ma'lumot uchun, Rafinya joriy mavsum barcha turnirlarda 56 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist