locale OZ

“Barselona” prezidenti Lamin Yamal bilan shartnomani uzaytirish borasida fikr bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” prezidenti Lamin Yamal bilan shartnomani uzaytirish borasida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta Lamin Yamalning 2026-yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirish haqidagi savolga javob berdi.

“U “Barsa”ni yaxshi ko'radigan va shu avlodning bir qismi bo'lgan daho. Lamin - ajoyib individual iqtidorga ega futbolchi.

Uning agenti Xorxe Mendesh, biz u bilan oson muloqotga kirishamiz. Yamalning shartnomasini uzaytirish amalda kelishib olingan, faqat imzo qo'yish qoldi, holos”, - deydi Laporta.

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da Yamal 18 yoshga to'lganidan so'ng “Barselona” bilan shartnomasini 2030-yilga qadar uzaytirishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting