locale OZ

“Barselona” prezidenti La Liga'ga qarshi urush boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” prezidenti La Liga'ga qarshi urush boshladi
FOTO: fcbarcelona.com

Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Xuan Laporta Dani Olmo va Pau Viktorning La Ligadan ro'yxatdan o'tkazilishi bo'yicha vaziyatga munosabat bildirdi.

“Biz La Liganing bu ishini javobsiz qoldirmaymiz. Ular bizning manfaatlarimizga zarar yetkazmoqchi.

Avvalroq La Liga Pau Viktor va Dani Olmoning shartnoma imzolashini ma'qullagan edi. Endi esa ular fikrini o'zgartirdi. Nima uchun? Ular dastlab operatsiyani ma'qullashda xato qilganmi?”, - deya Laportaning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Ma'lumot uchun, hozirda Olmo va Viktorning “Barselona”dagi kelajagi noaniq bo'lib qolmoqda. Ikkala futbolchiga ham moliyaviy muammolar sabab kataloniyaliklar safida o'ynash ta'qiqlanishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting