locale OZ

“Barselona” o'z tarkibini “Bayer” yetakchisi bilan kuchaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” o'z tarkibini “Bayer” yetakchisi bilan kuchaytirmoqchi
FOТО: IMAGO

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Bayer”ning 29 yoshli chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ispan grandi sport direktori Deko va jamoa bosh murabbiyi Hansi Flik ham Grimaldoning transferiga ijobiy qaramoqda.

Qayd etilishicha, kataloniyaliklar 21 yoshli chap qanot himoyachisi Alexandro Baldega raqobat taklif qilishmoqchi.

Ma'lumot uchun, Grimaldo joriy mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning leverkuzenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting