“Barselona” o‘z futbolchisi bilan shartnomani bekor qilmoqchi
Photo: Getty Images
"Barselona" Oriol Romeu bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Hans-Dieter Flick "Jirona"ga ijaraga qaytgan 33 yoshli yarim himoyachini o‘z rejalariga kiritmayapti.
Futbolchining klub bilan bitimi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Kataloniyaliklar u bilan tugaydigan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.
Barcha tomonlar futbolchining kelajagi masalasini "Barselona"ning Osiyo turnesi boshlanishidan oldin hal qilmoqchi.
Bahrom Bobonov
Redaktor