«Barselona» o‘rtoqlik uchrashuvida «Birmingem Siti»ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi
"Birmingem Siti" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobi bilan durang yakunlandi, penaltilar seriyasida esa 3:2 hisobida Angliya jamoasi g‘alaba qozondi.
Hisob 31-daqiqada August Priskening goli bilan ochildi va mezbonlar oldinga chiqib olishdi. 42-daqiqada Hamza Abdulkarim penalti zarbasini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. U 60-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, "Barselona"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Biroq 68-daqiqada Jon Solis hisobni yana tenglashtirdi. G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi va unda "Birmingem Siti" omadliroq bo‘ldi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
"Birmingem Siti" - "Barselona" - 2:2
Penaltilar seriyasi — 3:2
Gollar: 31' — August Priske (1:0), 42' — Hamza Abdulkarim (penalti) (1:1), 60' — Hamza Abdulkarim (1:2), 68' — Jon Solis (2:2)