locale OZ

“Barselona” Niko Uilyamsga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Niko Uilyamsga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqda
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Atletik” vingeri Niko Uilyams bilan dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchi bilan 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma va yiliga 12 million yevro maosh taklif qilingan.

Ma'lumot uchun, Uilyams o'tgan mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting