locale OZ

“Barselona\" Niko Uilyams transferini qachon yakunlashi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona" Niko Uilyams transferini qachon yakunlashi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi kelasi haftada “Atletik" vingeri Niko Uilyamsning transferi uchun zarur bo'lgan to'lovni to'lashga to'liq tayyor bo'ladi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchining rasmiy transferi 1-iyuldan keyin e'lon qilinadi. Ta'kidlanishicha, Uilyams “Barselona”da faol ravishda uy-joy izlamoqda.

Qayd etilishicha, kataloniyaliklar Uilyamsning transferi bo'yicha kelishuvni tezlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Barselona” Uilyams uchun “Atletik”ka 58-62 million yevro to'lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, hozirda klublar o'rtasida kelishmovchiliklar bor. Sababi Bilbao klubi barcha pullarni birdagina to'lashni ta'kidlamoqda. “Barselona” esa uni qismlarga bo'lib to'lamoqchi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting