locale OZ

«Barselona» Moleyroni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Uning shartnomasida 50 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Barselona Moleyroni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Barselona” “Vilyarreal” hujumchisi Alberto Moleyroni diqqat bilan kuzatmoqda va futbolchining atrofidagilar bilan aloqada. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 22 yoshli futbolchining rivojlanishini ijobiy baholamoqda.

Uning shartnomasida 50 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Shu bilan birga, “Vilyarreal” “Barselona”dan rasmiy qiziqish bo‘lsa, transfer narxi bo‘yicha muzokaralarga kirishishi shart.

Qayd etilishicha, Moleyroning o‘zi ham “blaugrana” safida o‘ynashni orzu qiladi.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati taxminan 40 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting