“Barselona” Messini oldidagi qarzdorlikdan qutuldi
FOTO: Getty Images
Kataloniyaning “Barselona” klubi asosiy tarkib va zaxira o'yinchilariga kechiktirilgan maoshlarning oxirgi qismini to'lashni yakunladi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklarning eng katta qarzi Messiga tegishli. Argentinalik futbolchi uchun yakuniy to'lov 5,95 million yevrogni tashkil qiladi. Messining vakillari “Barselona” o'z majburiyatini munosib tarzda bajarganini ta'kidlamoqda.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” COVID-19 sabab moliyaviy inqirozga yuz tutgan va shu sababli o'z futbolchilariga barcha maoshlarni vaqtida to'lay olmagandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist