“Barselona” Luis Dias bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshladi
FOTO: Getty Images
Angliyaning “Liverpul” klubi vingeri Luis Dias “Barselona”ning yozdagi asosiy transfer maqsadiga aylangan. Bu haqda insayder Florian Plottenberg xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar moliyaviy muammolar va yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq muammolarga qaramay, “Liverpul” bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan.
Qayd etilishicha, kolumbiyalik futbolchining transferi “Barselona”ga qimmatga tushadi, ammo unga bo'lgan qiziqish hamon jiddiyligicha qolmoqda.
Ma'lumot uchun, Dias o'tgan mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist