locale OZ

«Barselona» Levandovski bilan shartnomani uzaytirmaydi

Polshalik hujumchining klub bilan amaldagi bitimi 2026 yilning yozida nihoyasiga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Levandovski bilan shartnomani uzaytirmaydi
ФОТО: Getty images

"Barselona" 37 yoshli hujumchi Robert Levandovski bilan tuzilgan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Polshalik forvardning klub bilan amaldagi bitimi 2026 yilning yozida nihoyasiga yetadi.

Levandovski faoliyatini joriy mavsumdan so‘ng yakunlaydimi yoki yana bir-ikki yil boshqa jamoada o‘ynaydimi, hozircha noma'lum.

Forvard 2022 yildan beri kataloniyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting