locale OZ

“Barselona” Lamin Yamalga munosib o'rinbosar topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Lamin Yamalga munosib o'rinbosar topdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi PSV vingeri Ivan Perishichni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda BILD nashriga tayanib Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 36 yoshli xorvatiyalik futbolchining PSV bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy yilning 30-iyunida yakuniga yetadi. Tomonlar haligacha bitimni uzaytirish bo'yicha aloqa o'rnatmagan.

Qayd etilishicha, “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Perishich bilan “Bavariya”da birga ishlagan va endi uni Lamin Yamalga raqobatchi sifatida jamoaga olib kelmoqchi.

Ma'lumot uchun, Ivan Perishich 2024-yilning sentyabridan buyon PSV klubida to'p surmoqda. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting